Mazkur maqolada nemis tilini o'rganish jarayonida so'z boyligini oshirishning samarali strategiyalari tahlil qilinadi. Unda lug'at boyligining til o'rganishdagi o'rni, lug'at kompetensiyasining kommunikativ kompetensiya bilan bog'liqligi hamda yangi so'zlarni o'zlashtirish va xotirada saqlashning psixolingvistik xususiyatlari yoritiladi. Shuningdek, takrorlash va intervalli takrorlash, kontekst asosida o'rganish, assotsiatsiya va mnemonik usullardan foydalanish, vizual materiallar, raqamli ilovalar hamda elektron lug'atlarning imkoniyatlari ko'rib chiqiladi. Maqolada o'qish, tinglash, yozish va gapirish faoliyatlari orqali lug'at boyligini rivojlantirish, o'quvchilarning til darajasiga mos metodlarni tanlash, interaktiv mashqlar va kommunikativ topshiriqlardan foydalanish masalalariga ham e'tibor qaratiladi. Tadqiqot natijalari nemis tilidagi so'z boyligini izchil va samarali rivojlantirish uchun an'anaviy hamda zamonaviy metodlarni uyg'unlashtirish zarurligini ko'rsatadi. Mazkur ish nemis tili o'qituvchilari, talabalar va mustaqil til o'rganuvchilar uchun amaliy-metodik ahamiyatga ega.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Amriyeva et al. (2026) studied this question.