Mazkur maqolada ingliz tilini o'qitish jarayonida lingvokulturologik yondashuvdan foydalanish orqali talabalarning madaniyatlararo kompetensiyasini rivojlantirish masalasi tadqiq etiladi. Zamonaviy chet tili ta'limida tilni faqat grammatik va leksik birliklar tizimi sifatida emas, balki muayyan xalqning madaniyati, qadriyatlari, urf-odatlari va dunyoqarashini aks ettiruvchi vosita sifatida o'rganish zaruriyati asoslanadi. Maqolada lingvokulturologik yondashuvning nazariy asoslari, til va madaniyatning o'zaro bog'liqligi, madaniyatga xos leksik birliklardan foydalanish hamda madaniyatlararo vaziyatlarni modellashtirishning pedagogik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, ingliz tili darslarida maqollar, idiomalar, realia, milliy-madaniy leksika, autentik matnlar va kommunikativ vaziyatlardan foydalanish metodikasi yoritiladi. Tadqiqot natijalari lingvokulturologik mazmunga ega materiallardan tizimli foydalanish talabalarning madaniy farqlarni anglash, boshqa madaniyat vakillarining qarashlariga hurmat bilan munosabatda bo'lish va turli kommunikativ vaziyatlarda mos ravishda muloqot qilish ko'nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilishini ko'rsatadi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Durdona Mo'minova (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: