Mazkur maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarida leksik kompetentlikni shakllantirishning nazariy va metodik asoslari yoritilgan. Leksik kompetentlikning mazmuni, uning o'quvchi nutqiy faoliyatidagi o'rni hamda boshlang'ich ta'lim jarayonida rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda ilmiy-metodik adabiyotlarni tahlil qilish, qiyoslash, umumlashtirish, pedagogik kuzatish va metodik topshiriqlarni loyihalashtirish usullaridan foydalanildi. So'z ma'nosini anglash, leksik birliklarni ma'no jihatdan farqlash, so'zni kontekstga mos qo'llash, sinonim va antonimlardan foydalanish hamda lug'at bilan ishlashning leksik kompetentlikni shakllantirishdagi imkoniyatlari ochib berildi. Shuningdek, kontekstual, kommunikativ, interfaol, o'yinli va vizual metodlardan foydalanishning metodik jihatlari yoritildi. Tahlil asosida leksik kompetentlikni shakllantirishda "anglash - farqlash - qo'llash - nutqda faollashtirish" ketma-ketligiga asoslangan metodik yondashuv taklif etildi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Muxtoraliyevna et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: