Ushbu tezisda maktabgacha ta'lim muassasalari va ota-onalar o'rtasidagi samarali hamkorlikning ahamiyati tahlil qilinadi. Bolaning har tomonlama rivojlanishida pedagogik muassasa va oilaning birgalikdagi faoliyati hal qiluvchi omil sifatida ko'riladi. Maqolada hamkorlikning asosiy shakllari – ota-onalar yig'inlari, ochiq darslar, individual suhbatlar, maslahatlar va onlayn aloqa vositalari – ko'rib chiqilgan. Shu bilan birga, ota-onaning ta'lim jarayonidagi faol ishtiroki bolaning psixologik barqarorligi, ijtimoiy faolligi va o'quv motivatsiyasiga ijobiy ta'sir ko'rsatishi ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Maqola ota-onalar va pedagoglar o'rtasidagi o'zaro hamkorlikni mustahkamlash bo'yicha tavsiyalarni ham o'z ichiga oladi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Gulsora Ro'zmatova Qilichboy qizi (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: