Ushbu tezisda fizika ta'limida raqamli baholash texnologiyalarining o'quvchilarning bilim va kompetensiyalarini diagnostika qilishdagi o'rni nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Raqamli baholash vositalari an'anaviy nazorat shakllariga nisbatan natijalarni tezroq olish, xatolarni aniqroq aniqlash va har bir o'quvchining o'zlashtirish darajasini individual kuzatish imkonini berishi asoslab beriladi. Tezisda diagnostik baholashning asosiy tamoyillari, kompetensiyaviy yondashuv va raqamli vositalarning metodik imkoniyatlari ko'rib chiqiladi hamda ularni fizika darslarida qo'llash bo'yicha tavsiyalar beriladi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Qahhorovich et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: