Mazkur maqolada termodinamika qonunlariga doir masalalarni yechish jarayonining talabalarda kasbiy kompetensiyani shakllantirishdagi pedagogik va metodik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Termodinamikaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qonunlari asosida tuzilgan masalalar yordamida nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq etish, fizik jarayonlarni tahlil qilish, texnik vaziyatlarni modellashtirish hamda muhandislik tafakkurini rivojlantirish mumkinligi yoritiladi. Tadqiqotda kompetensiyaviy yondashuv, faoliyatga yo‘naltirilgan ta’lim, muammoli o‘qitish va tizimli tahlil metodlari metodologik tayanch sifatida qabul qilindi. Shuningdek, termodinamik masalalarni reproduktiv, qisman izlanishli va ijodiy-amaliy turlarga ajratish hamda ularni bosqichma-bosqich yechish algoritmi talabalarning kognitiv, operatsion-faoliyatli, kommunikativ va refleksiv kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qilishi asoslab berildi.
Imomov Obidjon Elamonovich (Thu,) studied this question.