Maqolada Surxondaryo viloyati eksport salohiyatini optimal rivojlantirishning mintaqaviy modeli ishlab chiqish masalasi nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Hudud eksportining dinamikasi, tovar tarkibi, tumanlar kesimidagi tafovutlar hamda tashqi bozorlarga chiqish imkoniyatlari rasmiy statistik ma'lumotlar asosida ko'rib chiqiladi. Taklif etilayotgan model resurs va ishlab chiqarish ixtisoslashuvi, qiymat zanjirlarini chuqurlashtirish, eksport geografiyasini diversifikatsiya qilish, logistika infratuzilmasini yaxshilash va kichik biznesni eksportga jalb etish bloklarini birlashtiradi. Modelning maqsadi eksport hajmini oshirish bilan bir qatorda uning barqarorligi, qo'shilgan qiymati va hududlararo muvozanatini kuchaytirishdan iborat.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Abror Sobirovich Asqarov (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: