Mazkur maqolada ayollar liderligining ijtimoiy kapital va inson kapitalini rivojlantirishdagi o‘rni ijtimoiy-falsafiy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Ayollar liderligining mazmun-mohiyati, uning jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar, o‘zaro ishonch, hamkorlik, ijtimoiy tarmoqlar va inson salohiyatini ro‘yobga chiqarish jarayonlariga ta’siri yoritiladi. Shuningdek, ayollarning rahbarlik faoliyati orqali bilim, kasbiy kompetensiya, ijtimoiy mas’uliyat, innovatsion fikrlash va tashabbuskorlikni rivojlantirish imkoniyatlari ochib beriladi. Maqolada ijtimoiy kapital va inson kapitalining o‘zaro dialektik aloqadorligi, gender tengligining jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati hamda Yangi O‘zbekiston sharoitida ayollar liderligini rivojlantirishning ijtimoiy-falsafiy omillari asoslab beriladi. Ayollar liderligini qo‘llab-quvvatlash inson salohiyatidan samarali foydalanish, ijtimoiy ishonchni mustahkamlash va barqaror taraqqiyotga erishishning muhim sharti sifatida talqin etiladi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Jabborova et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: