Maqolada tarixiy shaxslar obrazini shakllantirish orqali o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini rivojlantirish tizimining pedagogik asoslari, mazmuni va amaliy imkoniyatlari yoritilgan. Tarixiy shaxslarning hayoti, faoliyati, dunyoqarashi va ma’naviy merosini o‘rganish orqali o‘quvchilarda vatanparvarlik, halollik, adolatparvarlik, mas’uliyat, insonparvarlik, jasorat va fidoyilik kabi fazilatlarni rivojlantirish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, tarix darslarida muammoli ta’lim, munozara, rolli o‘yinlar, tarixiy manbalar tahlili, loyiha ishlari va raqamli ta’lim vositalaridan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Maqolada tarixiy shaxslar obrazini shakllantirishga oid pedagogik tizimning tarkibiy qismlari, amalga oshirish bosqichlari va samaradorligini baholash mezonlari taklif etilgan.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Ochilovich et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: