Answers are grounded in this paper and cite their sources.
Maqolada sanoat korxonalarida energiya saqlash tizimlarini joriy etishning investitsion jozibadorligini baholash metodikasi ishlab chiqilgan. Xalqaro manbalar asosida litiy-ionli batareya bloklarining oʻrtacha narxi 2010-yildagi 1 400 AQSH dollari/kVt·soatdan 2024-yilda 115 AQSH dollari/kVt·soatga tushgani koʻrsatilgan. NPV, saqlashning keltirilgan qiymati (LCOS), qoplanish muddati va qoʻshimcha foyda manbalari ulushini birlashtiruvchi integral investitsion jozibadorlik indeksi taklif etilgan. 1 MVt / 2 MVt·soatlik shartli loyiha uchun bazaviy sharoitda NPV −202,9 ming AQSH dollariga teng boʻlgani, loyiha 1 kVt·soat sigʻim narxi 208 AQSH dollaridan pasayganda foydali boʻlishi, sezgirlik tahlilida investitsiya xarajati yetakchi omil ekani aniqlangan.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Ismoilov Azamatbek Roʻzimaxammatovich (2026) studied this question.
Synapse has enriched 10 related papers. Consider them for comparative context: