Umumta'lim maktablarida ta'lim sifatini oshirish masalasi o'quvchilarning bilim olishi bilan bir qatorda ularning jamoada ishlash, o'zaro hamkorlik qilish va mas'uliyatni his etish ko'nikmalarini shakllantirish vazifasi bilan uzviy bog'liq. O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida ham o'quvchilarda XXI asr ko'nikmalarini, jumladan, hamkorlik va kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirish ustuvor vazifa sifatida belgilangan [1]. Ushbu vazifani hal etishda sinf jamoasini boshqarishning an'anaviy, asosan o'qituvchi nazoratiga tayangan usullari yetarli samara bermayotgani sababli hamkorlikda o'qitish texnologiyalarining imkoniyatlarini o'rganish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Zulayho Bahrom qizi Allanazarova (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: