Mazkur maqolada Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning "Ijtimoiy odoblar" asarida ilgari surilgan odob-axloq, ijtimoiy munosabat, muloqot madaniyati, ilm olish va ta'lim berish bilan bog'liq qarashlarning oliy ta'lim jarayonidagi pedagogik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Asarning mazmuni zamonaviy oliy ta'limning shaxsga yo'naltirilgan, kompetensiyaviy va tarbiyaviy yondashuvlari bilan bog'liq holda ko'rib chiqiladi. Tadqiqotda asar mazmunini pedagogik jihatdan tahlil qilish, tizimlashtirish, qiyosiy tahlil va modellashtirish metodlaridan foydalanildi. Shuningdek, asar mazmunidan foydalanishning "mazmun – metod – faoliyat – natija" izchilligiga asoslangan pedagogik mexanizmi taklif etildi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Feruza Azizova Orifjon qizi (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: