Maqolada axborot texnologiyalari terminologik birikmalarining semantik va funksional xususiyatlari ingliz va o‘zbek tillari materialida tahlil qilingan. Semantik jihatdan metaforik ko‘chish, ma’no torayishi, antonimiya va giperonimik munosabatlar ajratildi; kartotekada 24 birlik (7,5%) semantik o‘zlashtirish yo‘li bilan shakllangan, 10 ta antonimik juftlik qayd etilgan. Funksional jihatdan terminlarning nominativ, informativ, sistemalashtiruvchi, kompressiv va didaktik funksiyalari farqlandi. Aniqlanishicha, birikmali terminlarning semantik markazi bosh so‘z bo‘lib, u tushunchaning sinfini, determinant esa differensial belgisini belgilaydi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Ernazarova Gulnoza Turayevna (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: