Answers are grounded in this paper and cite their sources.
Mazkur maqolada tijorat banklari aktivlari va passivlari mutanosibligining bank likvidligiga ta'siri nazariy hamda amaliy jihatdan yoritiladi. Aktivlar va majburiyatlarning muddati, valyutasi va qayta narxlash davrlari o'rtasidagi nomuvofiqliklar, depozitlar barqarorligi, kredit portfelining tarkibi hamda yuqori likvidli aktivlar zaxirasining ahamiyati tahlil qilinadi. O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ochiq statistik ma'lumotlari asosida bank tizimining 2023–2025-yillardagi ayrim asosiy ko'rsatkichlari taqqoslanadi. Tahlil natijalariga ko'ra, aktivlar va passivlar hajmining o'sishi o'z-o'zidan likvidlikni kafolatlamaydi; buning uchun moliyalashtirish manbalari barqarorligi va pul oqimlarining muddatlar bo'yicha muvofiqligi ta'minlanishi zarur. Maqola yakunida likvidlikni boshqarishni takomillashtirish bo'yicha amaliy tavsiyalar beriladi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Masharipova et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 8 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: