Ushbu maqolada bolalarda fonetik eshitishni rivojlantirishda logoritmik mashqlarning pedagogik imkoniyatlari nazariy va ilmiy-metodik jihatdan tahlil qilinadi. Fonetik eshitishning nutq tovushlarini idrok etish, ularning akustik xususiyatlarini farqlash, tovushlar ketma-ketligini anglash va og'zaki nutqni shakllantirishdagi o'rni yoritiladi. Logoritmika nutq, musiqa ritmi va harakatning o'zaro uyg'unligiga asoslangan pedagogik-korreksion yondashuv sifatida ko'rib chiqiladi. Maqolada eshituv diqqatini faollashtirish, nutq tovushlarini farqlash, bo'g'in tuzilishini idrok etish, eshitish xotirasini rivojlantirish hamda tovush-harakat muvofiqligini shakllantirishga qaratilgan mashqlarning mazmuni ochib beriladi. Shuningdek, logoritmik mashg'ulotlarni tashkil etish tamoyillari, individual yondashuv, pedagogik kuzatuv mezonlari va mashqlar samaradorligini baholash yo'llari asoslanadi. Logoritmik mashqlarni an'anaviy logopedik ish bilan uyg'unlashtirish fonetik eshitishni rivojlantirish jarayonini mazmunan boyitishi mumkinligi ilmiy-metodik nuqtayi nazardan izohlanadi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Surayyo Suyunova Ulash qizi (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: