Mazkur maqolada Alisher Navoiyning arab tili va turkiy til taraqqiyoti o‘rtasidagi ilmiy-adabiy aloqalarga qo‘shgan hissasi tarixiy-lingvistik va qiyosiy-filologik jihatdan tahlil qilinadi. Shoirning arab tiliga munosabati, arabiy ilmiy-ma’naviy merosning uning dunyoqarashi va ijodiga ta’siri, arabcha leksik birliklarning badiiy matnlardagi vazifasi hamda «Muhokamat ul-lug‘atayn», «Xamsa» va «Nasoyim ul-muhabbat» asarlarining tilshunoslik nuqtayi nazaridan ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, Navoiy faoliyatini arab tilining bevosita grammatik taraqqiyotiga qo‘shilgan hissa sifatida emas, balki arabiy ilmiy-madaniy an’analar bilan turkiy adabiy til o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish doirasida baholash zarurligi asoslanadi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Abdullayeva Ruqiya Muhammatovna (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: