Maqolada oʻzbek milliy harakatli oʻyinlarini umumta'lim maktablarining jismoniy tarbiya darslariga tizimli integratsiya qilishning nazariy va metodik asoslari yoritilgan. Mavzuning dolzarbligi 2026-yil 24-martda qabul qilingan "Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1123-son Qonunda milliy sport turlari va xalq oʻyinlarini rivojlantirish davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlaridan biri sifatida belgilangani bilan asoslanadi. Tadqiqotda ilmiy-metodik adabiyotlar va me'yoriy hujjatlarni tahlil qilish, qiyosiy tahlil, tizimlashtirish hamda pedagogik modellashtirish metodlaridan foydalanildi. Natijada maktab amaliyotida keng tarqalgan oʻn bitta milliy oʻyin asosiy rivojlantiruvchi jismoniy sifati, tavsiya etilgan sinflar, darsning qoʻllanadigan qismi va anjomga talabi boʻyicha tasniflandi. Tasnif oʻyinlarni yuklama jadalligiga koʻra tayyorlov, asosiy va yakuniy qismlarga taqsimlash imkonini berdi. Milliy oʻyinlarni darsga kiritishning toʻrt bosqichli modeli taklif etildi: tanlash, moslashtirish, dars qismlariga joylashtirish va baholash. Model darsning motor zichligini oshirish, oʻquvchilar qiziqishini kuchaytirish va milliy qadriyatlarni singdirish vazifalarini yagona jarayonga birlashtiradi. Mintaqaviy tadqiqotlar bilan qiyoslash milliy oʻyinlar tizimli qoʻllanganda dars samaradorligi ortishini koʻrsatadi. Modelning samaradorligini pedagogik tajriba orqali tekshirish keyingi tadqiqot vazifasi sifatida belgilandi. Tadqiqot natijalari jismoniy tarbiya oʻqituvchilari, sohaga oid talabalar va metodistlar uchun amaliy ahamiyatga ega.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Maqsadjon Baxromjon o'g'li Umarov (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: