Answers are grounded in this paper and cite their sources.
Mazkur ilmiy maqolada oliy ta’lim muassasalarida koreys tilini ikkinchi xorijiy til sifatida o‘qitish jarayonida talabalarning tinglab tushunish (듣기 — teutgi) hamda kommunikativ-pragmatik kompetensiyalarini shakllantirishda uchraydigan lingvodidaktik, fonetik-morfonologik va sotsiomadaniy muammolar kompleks tahlil qilingan. Tadqiqotda koreys tilining agglyutinativ tabiati, jonli nutq oqimidagi tovush o‘zgarishlari (assimilyatsiya, nazalizatsiya, tanglaylashuv, liaziya), shuningdek, suhbatdoshlarning ijtimoiy mavqeiga ko‘ra o‘zgaruvchi nutqiy hurmat darajalari (높임법 — nop-imbeop) autentik audiomateriallarni idrok etishga qanday ta’sir ko‘rsatishi ilmiy asoslab berilgan. Shuningdek, xalqaro «TOPIK» (Test of Proficiency in Korean) baholash tizimi talablari umumyevropa «CEFR» me’yorlari bilan qiyosiy o‘rganilib, sun’iy intellektga asoslangan platformalar, kompyuterlashtirilgan «TOPIK IBT» tizimi, multimodal podkastlar hamda «Shadowing» (nutqni sinxron takrorlash) texnologiyasining ta’lim samaradorligini oshirishdagi o‘rni tajriba-sinov natijalari asosida ochib berilgan.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Arslonova et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 8 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: