Answers are grounded in this paper and cite their sources.
Maqolada elektr tarmoqlari korxonalarida elektr energiyasi yo‘qotishlarini buxgalteriya hisobining mustaqil obyekti sifatida tan olish va baholash metodologiyasi asoslangan. Yo‘qotishlarni texnologik-me’yoriy, texnologik-me’yordan ortiqcha, tijorat va tashkiliy-boshqaruv guruhlariga ajratuvchi to‘rt darajali tasnif, 5914–5917 va 2991 ishchi schyotlar tizimi, tan olish vaqti qoidalari hamda buxgalteriya o‘tkazmalari modeli taklif etilgan. Baholash uchun MHXS (IFRS) 13 talablariga tayanuvchi sof marja va guruhlangan usullar ishlab chiqilgan. «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Jizzax filialining 2022–2024-yillardagi ma’lumotlariga ko‘ra, yo‘qotishlar sotish xarajatlarining 88,8–90,3 foizini tashkil etgan; 2024-yildagi 493,6 mln kVt·soat yo‘qotishning qiymati baholash asosiga qarab 98,6 dan 345,5 mlrd so‘mgacha o‘zgargan. Natijalardan elektr tarmoqlari korxonalarida hisob siyosatini ishlab chiqishda va ichki auditda foydalanish mumkin.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Zuxriddin Shukurullo o'g'li Xojimuradov (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: