Maqolada axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasi korxonalarida nomoddiy aktivlarni tasniflashning dolzarb muammosi ko‘rib chiqiladi. Amaldagi umumiy tasniflar sohaning o‘ziga xos aktivlarini - telekommunikatsiya va chastota litsenziyalari, dasturiy mahsulotlar, raqamli platformalar va ma’lumotlar bazalarini - to‘liq inobatga olmasligi asoslanadi. Tadqiqot metodologiyasi sifatida qiyosiy tahlil, tizimlashtirish va tasnif usullari qo‘llanilgan. Natijada AKT sohasi nomoddiy aktivlarining funktsional-texnologik belgilar bo‘yicha to‘rt guruhli mualliflik tasnifi ishlab chiqildi: dasturiy-texnologik, huquqiy-litsenziyaviy, tadqiqot-ishlanma hamda raqamli platforma va mijoz aktivlari. Tasnifning ilmiy va amaliy hissasi har bir guruh uchun tan olish, baholash, amortizatsiya va audit yondashuvlarini tabaqalashtirish imkonini berishida namoyon bo‘ladi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Ishankulov Izzatilla Nurillaevich (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: