Maqolada axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasidagi korxonalarda majburiyatlarni moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida hisobga olishni takomillashtirish masalasi tadqiq etilgan. Restrukturizatsiya, birlashgan va qo‘shma korxonalar bilan hisob-kitoblar hamda foyda solig‘i bo‘yicha majburiyatlarni alohida hisobga oluvchi ishchi schyotlar tizimi taklif etilgan. Majburiyatlarni dastlabki tan olishda amortizatsiyalangan tannarx, keyingi baholashda esa diskontlash koeffitsiyentidan foydalanish algoritmi ishlab chiqilgan. Yondashuv «O‘zbektelekom» aktsiyadorlik jamiyati misolida amaliy sinovdan o‘tkazilgan va milliy hisob amaliyotini xalqaro standartlarga uyg‘unlashtirishga xizmat qiladi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Asqar Amirov (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: