Answers are grounded in this paper and cite their sources.
Maqolada sun'iy intellekt (SI) va raqamli texnologiyalarning moliya tizimiga ta'siri 2022–2026-yillar uchun global va milliy darajada tahlil qilinadi. Tahlil Stanford HAI AI Index (2025, 2026), KPMG Pulse of Fintech, Angliya banki va FCA so'rovi, Xalqaro valyuta jamg'armasi (XVJ) va Moliyaviy barqarorlik kengashi (MBK) hisobotlari hamda O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki statistikasiga tayanadi. Natijalarga ko'ra, global korporativ SI investitsiyalari 2024-yildagi 252,3 mlrd dollardan 2025-yilda 581,69 mlrd dollargacha (2,3 baravardan ortiq) o'sdi, tashkilotlarda SI qo'llanilishi 2023-yildagi 55 foizdan 2025-yilda 88 foizga yetdi. O'zbekistonda muomaladagi bank kartalari 2022–2025-yillarda 34,2 mln dan 68,27 mlngacha oshdi, POS-terminallar orqali to'lovlar aylanmasi esa 177,7 trln so'mdan 460,25 trln so'mgacha ko'paydi. Log-log regressiya modeli kartalar soni bo'yicha aylanma elastikligini 1,25 ga teng deb baholaydi (n = 4, R² = 0,948). Maqola oxirida tartibga solish va ta'lim bo'yicha tavsiyalar beriladi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Xojiyev et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: