Answers are grounded in this paper and cite their sources.
Mazkur tezisda global internet madaniyati sharoitida shakllanayotgan yoshlar nutqining o'ziga xos xususiyatlari, xususan memlar, emojilar, hashtaglar va multimodal birliklarning muloqotdagi o'rni tahlil qilinadi. Tadqiqotda bu vositalar an'anaviy til birliklarini siqib chiqarayotgan hodisa sifatida emas, balki ularni to'ldiruvchi, ba'zan esa ma'no hosil qilishda ularga teng ishtirok etuvchi belgi tizimlari sifatida talqin qilinadi. Ish internet lingvistikasi, semiotika va multimodal diskurs tahlili qarashlariga tayanadi. Tahlil natijalariga ko'ra, raqamli muhitda yoshlar nutqi, birinchidan, verbal va noverbal qatlamlarning aralashuvi bilan, ikkinchidan, guruhga mansublikni ko'rsatish va ijtimoiy yaqinlikni saqlash vazifasining kuchayishi bilan, uchinchidan, tilning tez o'zgaruvchan, o'yinga asoslangan ko'rinishi bilan ajralib turadi. Tezisda shuningdek o'zbek yoshlari nutqida global elementlarning o'zlashish yo'llari va bu jarayonning tilshunoslik hamda ta'lim uchun ahamiyati yoritiladi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Kommuna Umurzakova (2026) studied this question.
Synapse has enriched 8 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: