Answers are grounded in this paper and cite their sources.
Mazkur ilmiy maqola Oʻzbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligida ish beruvchining tashabbusiga koʻra mehnat shartnomasini bekor qilish institutining huquqiy tushunchasi, uning huquqiy asoslari va qoʻllanilishiga oid nazariy va amaliy muammolarni tahlil qilishga bagʻishlangan. Tadqiqotda mazkur institutning huquqiy mohiyati, ish beruvchi tashabbusining huquqiy me'yorlardagi ifodalanishi, shuningdek, ish beruvchi tashabbusiga koʻra mehnat shartnomasini bekor qilishning qonuniy asoslari keng qamrovli oʻrganilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi – ish beruvchi tashabbusiga koʻra mehnat shartnomasini bekor qilish jarayonidagi huquqiy nomutanosibliklarni bartaraf etishga qaratilgan takliflar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotda huquqiy-normativ hujjatlar tahlili, qiyosiy-huquqiy usul, tizimli yondashuv kabi ilmiy usullardan foydalanilgan. Tadqiqot natijasida ish beruvchi tashabbusiga koʻra mehnat shartnomasini bekor qilishning huquqiy asoslari aniqlangan va ushbu jarayonda ishchilar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Marjona et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 8 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: