Answers are grounded in this paper and cite their sources.
Mazkur maqolada raqamli transformatsiya sharoitida mahalliy budjet daromadlarini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirishning nazariy va amaliy jihatlari yoritiladi. Mahalliy budjet daromadlarini shakllantirish manbalari, soliq tushumlarini boshqarish jarayonlari hamda hududlarning moliyaviy mustaqilligini ta’minlashda raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, soliq ma’murchiligini raqamlashtirish, davlat axborot tizimlari o‘rtasida ma’lumotlar almashinuvini takomillashtirish, soliq solish bazasini aniqlashtirish va budjet daromadlarini prognozlash samaradorligini oshirish masalalariga e’tibor qaratiladi. Tadqiqot natijasida mahalliy budjet daromadlarini shakllantirish mexanizmlarining samaradorligini oshirish, daromadlar hisobining shaffofligini ta’minlash va hududlarning daromad salohiyatidan samarali foydalanishga qaratilgan ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqish nazarda tutiladi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Ilxomov et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 8 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: