Answers are grounded in this paper and cite their sources.
Mazkur maqolada birlamchi tibbiy yordam tizimida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari, ularning aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar sifati hamda qulayligini oshirishdagi ahamiyati tahlil qilingan. Xususan, sun’iy intellekt asosida kasalliklarni erta aniqlash, bemorlarni dastlabki saralash, masofaviy tibbiy maslahatlar tashkil etish, elektron tibbiy ma’lumotlarni qayta ishlash va profilaktik tadbirlarni takomillashtirish imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, sun’iy intellektni birlamchi tibbiy yordam tizimiga joriy etish bilan bog‘liq texnik, tashkiliy, iqtisodiy va axloqiy muammolar o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari asosida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Rasulova et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 10 related papers. Consider them for comparative context: