Ushbu maqolada lingvokulturologiyada konsept fenomenining nazariy mohiyati, tarkibiy tuzilishi va metodologik tadqiq usullari tahlil qilinadi. Konsept til, tafakkur, madaniyat, ijtimoiy tajriba va qadriyatlar tizimi kesishmasida shakllanadigan murakkab mental-madaniy birlik sifatida talqin etiladi. Maqolada konsept, tushuncha, ma’no, obraz, ramz va qadriyat kategoriyalari o‘rtasidagi farqlar yoritiladi. Shuningdek, lingvokulturologik konseptni o‘rganishda semantik, konseptual, freym, assotsiativ, lingvomadaniy, diskursiv-pragmatik va qiyosiy-chog‘ishtirma tahlil metodlarining ilmiy imkoniyatlari ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijalari konsept milliy-madaniy xotira, mentalitet va diskursiv tajribani ochuvchi asosiy birlik ekanini asoslaydi.
Ungalova Dilnoza Mirzoxid qizi (Fri,) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: