Research demonstrates linguistic and semantic analysis capabilities in parallel corpora for two cultures, suggesting broader implications for translation studies.
Mazkur maqolada o‘zbek va ingliz tillaridagi badiiy matnlar asosida shakllantiriladigan parallel korpusning lingvokognitiv va semantik tahlil imkoniyatlari yoritiladi. Parallel korpus zamonaviy korpus lingvistikasi, tarjimashunoslik, qiyosiy tilshunoslik va lingvokognitiv tadqiqotlar kesishmasida muhim ilmiy manba sifatida qaraladi. Tadqiqotda badiiy matnlarning parallel korpusini yaratish jarayoni, matnlarni tanlash, raqamlashtirish, segmentlash, moslashtirish, semantik teglash va lingvokognitiv tahlil qilish tamoyillari nazariy jihatdan asoslanadi. Ayniqsa, badiiy matnlarda milliy-madaniy konseptlar, metaforik birliklar, frazeologizmlar, emotsional-ekspressiv vositalar va realiyalarning tarjimada ifodalanishi parallel korpus orqali aniqlanishi mumkinligi ko‘rsatib beriladi. Maqolada parallel korpus faqat tarjima ekvivalentlarini topuvchi texnik baza emas, balki ikki til va ikki madaniyat tafakkuridagi semantik, kognitiv va lingvomadaniy farqlarni aniqlovchi ilmiy-tahliliy platforma sifatida talqin qilinadi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Гулмира Олимовна Комилова (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: