Mazkur maqolada nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalar bilan olib boriladigan logopedik korrektsion ishlar jarayonida ota-onalarni faol jalb etishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Tadqiqotda nutq buzilishlarini samarali bartaraf etishda oilaviy muhitning, ayniqsa otaonaning pedagogik va psixologik hamkorligining ahamiyati tahlil qilinadi. Ota-onalarning logopedik mashg‘ulotlarda ishtiroki bolada nutq rivojlanishini jadallashtirishi, motivatsiyani oshirishi hamda mashg‘ulotlar uzluksizligini ta’minlashi ilmiy asosda izohlanadi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Yoqubjanovna et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: