Pedagogical review demonstrates methods for developing creative thinking in future managers, suggesting modern instructional frameworks foster leadership competencies.
Ushbu maqolada bo’lajak rahbarlarda kreativ fikrlashni rivojlantirishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Zamonaviy boshqaruv sharoitida rahbarning kasbiy kompetensiyasi faqat boshqaruv bilimlari bilan emas, balki muammolarga yangicha yondashish, nostandart qarorlar qabul qilish, innovatsion g’oyalarni ilgari surish va jamoaning ijodiy salohiyatidan samarali foydalanish qobiliyati bilan ham belgilanadi. Maqolada kreativ fikrlash tushunchasining mazmuni, uning bo’lajak rahbar faoliyatidagi ahamiyati hamda ta’lim jarayonida kreativ kompetensiyalarni shakllantirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Bo’lajak rahbarlarda kreativ fikrlashni rivojlantirishda muammoli ta’lim, “aqliy hujum”, keys-stadi, loyiha metodi, “SCAMPER” va “Design Thinking” kabi zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning samaradorligi asoslab berilgan. Shuningdek, kreativ ta’lim muhitini yaratish, talabalarning mustaqil fikrlashi va tashabbuskorligini qo’llab-quvvatlash rahbarlik kompetensiyalarini shakllantirishning muhim sharti sifatida ko’rib chiqilgan.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Musayeva Zamira Abdumalikovna (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: