Answers are grounded in this paper and cite their sources.
Ushbu maqolada raqamli ta'lim muhitida biologiya o'qituvchilarining kreativ va tanqidiy fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirishning nazariy asoslari va metodik yo'llari tahlil qilinadi. Tanqidiy fikrlash talqin qilish, tahlil, baholash, xulosa chiqarish, tushuntirish va o'z-o'zini boshqarish ko'nikmalari majmui sifatida, kreativ fikrlash esa muammoga yangi va asoslangan yechim topish qobiliyati sifatida ko'rib chiqiladi. UNESCO ICT-CFT, DigCompEdu va TPACK doiralari hamda milliy me'yoriy hujjatlar asosida o'qituvchi kompetensiyalarini rivojlantirishning besh bosqichli modeli taklif etiladi. Model virtual laboratoriyalar, simulyatsiyalar, hamkorlikdagi raqamli doskalar va ochiq ma'lumotlar bazalaridan foydalanishni 5E o'quv sikli bilan uyg'unlashtiradi. Maqolada kompetensiyalarni baholash rubrikasi va fotosintez mavzusidagi amaliy namuna keltirilgan. Tahlil shuni ko'rsatadiki, raqamli vositalar o'z-o'zidan emas, balki o'qituvchi tomonidan tashkil etilgan savol qo'yish, dalilni baholash va refleksiya bosqichlari bilan birga qo'llangandagina fikrlash kompetensiyalarini rivojlantiradi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Yulduz Pirimqulovna Mamatqulova (2026) studied this question.
Synapse has enriched 8 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: