Ushbu tizesda Qoraqalpog'iston Respublikasi hududidagi qadimiy arxeologik yodgorliklar va madaniy meros obyektlarini saqlab qolish hamda ommalashtirishda 3D modellashtirish va sun'iy intellekt (SI) texnologiyalarining o'rni tadqiq etilgan. Orolbo'yi ekologik inqirozi sharoitida tarixiy obidalarning jadal yemirilish jarayonlarini to'xtatish uchun an'anaviy usullar bilan birga raqamli innovatsiyalarni (xususan, LiDAR skanerlash va fotogrammetriya) qo'llash zarurati ilmiy asoslangan. Shuningdek, qisman vayron bo'lgan artefaktlarni virtual rekonstruksiya qilish, manbashunoslik tahlillarini optimallashtirish va mintaqa turizm salohiyatini oshirishda "Raqamli tarix" (Digital History) konsepsiyasining metodologik afzalliklari ochib berilgan.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Behzod Negmurat o'g'li Bazarbayev (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: