Maqolada temir yo'l transportida mijozlarga yo'naltirilgan xizmat ko'rsatish tizimini takomillashtirishning nazariy va amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Mijozlarga yo'naltirilganlik temir yo'l kompaniyasining barcha jarayonlari - xizmatlarni loyihalash, sotish, tashish, axborot berish va murojaatlarni ko'rib chiqish - yo'lovchi va yuk jo'natuvchining ehtiyojlari asosida tashkil etilishi sifatida talqin qilingan. O'zbekiston temir yo'llarida yo'lovchi tashishning kengayishi, tezyurar poyezdlar parkining yangilanishi va xalqaro tajriba tahlili asosida mijoz yo'li (customer journey) bosqichlarida yuzaga keladigan muammolar aniqlangan. Mijozlarga yo'naltirilgan xizmat ko'rsatish tizimining besh blokdan iborat modeli - «mijoz ovozi» tizimi, xizmat standartlari, xodimlarni boshqarish, ko'p kanalli raqamli xizmatlar va sifatni monitoring qilish - hamda mijozlar qoniqishining integral indeksini hisoblash usuli taklif etilgan.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Baxtiyor Ergash o'g'li Alimov (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: