Maqolada O'zbekistonda multimodal tashuvlarni rivojlantirish orqali temir yo'l transporti xizmatlari samaradorligini oshirish masalalari tadqiq etilgan. Mamlakatning quruqlik bilan o'ralgan geografik holati, tranzit yuk oqimlarining o'sishi va transport-logistika xarajatlarining yuqoriligi sharoitida temir yo'lning raqobatbardoshligi faqat tashish bilan emas, balki avtomobil, havo va dengiz transporti bilan uyg'unlashgan «eshikdan eshikkacha» xizmatlar orqali ta'minlanishi asoslab berilgan. Statistik ma'lumotlar, xalqaro tajriba va ilmiy adabiyotlar tahlili asosida multimodal tashuvlarni rivojlantirishga to'sqinlik qilayotgan omillar aniqlangan hamda yagona multimodal operator, logistika markazlari tarmog'i, raqamli hujjat almashinuvi, yagona tarif va tashuv hujjati, konteynerlashtirishni kengaytirishni o'z ichiga olgan chora-tadbirlar tizimi taklif etilgan. Multimodal xizmat samaradorligini baholash uchun umumiy logistika xarajatlari modeli va ko'rsatkichlar tizimi ishlab chiqilgan.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Baxtiyor Ergash o'g'li Alimov (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: