Mazkur tezisda oliy ta'lim muassasalari talabalarida korrupsiyaga qarshi mustahkam shaxsiy va kasbiy immunitetni shakllantirishning nazariy-metodologik, me'yoriy-huquqiy hamda innovatsion pedagogik mexanizmlari tizimli ravishda tadqiq etilgan. Tadqiqotda an'anaviy deklarativ va faqat jazolashga asoslangan yondashuvlarning cheklanganligi ilmiy asoslanib, shaxsga yo'naltirilgan, faoliyatli, aksiologik va komplayens yondashuvlarga tayangan interaktiv pedagogik texnologiyalar tizimi ishlab chiqilgan. Talabalarda antikorrupsion immunitetning uchta bazaviy komponenti - kognitiv-axborot, aksiologik-motivatsion va praksiologik (xulq-atvoriy) mezonlari ochib berilgan. Innovatsion mexanizmlar doirasida vaziyatli keyslar (case-study), sud jarayoni simulyatsiyasi (moot court), axloqiy dilemma tahlili, HEMIS axborot tizimining ochiqlik imkoniyatlari, anti-plagiat vositalari hamda talabalar komplayens tashabbuslari ko'rsatib o'tilgan. 240 nafar talaba ishtirokida o'tkazilgan pedagogik tajriba-sinov ishlari natijalari matematik-statistik tahlillar (Student t-mezoni) orqali tasdiqlanib, taklif etilgan innovatsion mexanizmlar korrupsiyaga qarshi immunitetning yuqori darajasini 19.2% dan 54.2% gacha oshirishi isbotlangan.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Saidvali o'g'li Qo'shiyev Mirjalol (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: