Maqolada muhandislik ta’limida nazariy mexanika fanini o‘qitish jarayonida talabalarda umumtexnik hamda axborot-texnik kompetentlikni shakllantirish masalalari tahlil etilgan. Tadqiqotda muhandislik bakalavri kasbiy faoliyatining mazmuni, malaka talablari va ish beruvchilar ehtiyojlari nazariy mexanikani o‘qitishning metodik dizaynini belgilovchi muhim omil sifatida asoslab berilgan. Nazariy mexanikani o‘qitishda muammoli ta’lim va kognitiv yondashuvlardan foydalanish orqali talabalarning kasbiy fikrlashi, modellashtirish ko‘nikmalari hamda mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyatlari ochib berilgan. Shuningdek, ochiq axborot-ta’lim muhitida ishlab chiqilgan pedagogik dizayn asosida umumtexnik kompetentlik komponentlarining o‘zaro sinergiyasi ta’minlanishi ilmiy jihatdan asoslangan. Tadqiqot natijalari nazariy mexanikani o‘qitish jarayonini takomillashtirish va raqobatbardosh muhandis kadrlarni tayyorlashda metodik asos sifatida xizmat qiladi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Parmonov Abdutolib Abduvahob oʻgʻli (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: