Answers are grounded in this paper and cite their sources.
Maqolada matematik ta'lim jarayonida muammoli-vaziyatli yondashuv asosida talabalarning yuqori darajadagi fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari tadqiq etilgan. Matematik bilimlarni o'zlashtirish jarayonida mantiqiy, tahliliy, tanqidiy va kreativ fikrlashning o'zaro aloqadorligi ochib berilgan. Muammoli vaziyatlarni yaratish, matematik masalalarni mustaqil hal qilish, matematik modellashtirish va refleksiv faoliyatni tashkil etishning didaktik imkoniyatlari asoslangan. Tadqiqotda muammoli-vaziyatli yondashuvning metodologik asoslari tahlil qilinib, talabalarning intellektual faolligini rivojlantirishga yo'naltirilgan mualliflik pedagogik mexanizmi taklif etilgan. Mazkur mexanizm muammoli vaziyatni anglash, matematik tahlil, yechim strategiyasini ishlab chiqish, mustaqil faoliyat va refleksiv baholash bosqichlarini qamrab oladi. Tadqiqot natijalari matematik ta'lim mazmunini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish uchun nazariy-metodik asos bo'lib xizmat qiladi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Janona Asqar qizi Yakubova (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: