Ushbu maqolada yarimo‘tkazgichlarda yorug‘lik yutilishi natijasida yuzaga keladigan ichki fotoelektrik hodisaning spektral xususiyatlari nazariy jihatdan modellashtiriladi. Fotogeneratsiya, ta’qiqlangan zona kengligi, kvant samaradorligi va spektral sezgirlik o‘rtasidagi bog‘lanishlar ko‘rib chiqiladi. Kremniy fotodetektori misolida sodda hisoblash modeli asosida turli to‘lqin uzunliklari uchun sezgirlik qiymatlari baholanadi. Hisoblashlar eksperimental o‘lchov emas, tanlangan namunaviy kvant samaradorligi qiymatlariga asoslangan nazariy misol ekanligi alohida qayd etiladi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
o'g'li et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: