Iqlim o'zgarishi sharoitida Farg'ona vodiysini oziqlantiruvchi muzliklarni muhofaza qilish va ularning yo'qolishiga moslashish tadbirlari tizimli, ilmiy asoslangan va transchegaraviy yondashuvni talab qiladi. Maqolada muzliklar bevosita himoyasi cheklangan bo'lgani uchun tadbirlar uch guruhga ajratildi: (1) monitoring va erta ogohlantirish (muzlik kadastri, massa balansi, muzlik ko'llari xavfi), (2) suv resurslarini boshqarish va moslashish (suv tejash, saqlash, oqim vaqti siljishiga moslashish), (3) institutsional va transchegaraviy hamkorlik. O'zbekistonda 2002–2014-yillar tasvirlari asosida 242 ta tog' ko'li aniqlangani va ularning ≈15 % i yorilib ketish xavfiga moyilligi muzlik ko'llari xavfini boshqarish ustuvorligini ko'rsatadi. Tadbirlar samaradorligini baholash uchun xavf xaritasi, monitoring tarmog'i va ekspert baholashga asoslangan sxema taklif qilindi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Umidjon Turdimatov (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: