This is the authors' abstract. We don't add key points for this paper.
Saraton nafaqat o‘sma to‘qimasida angiogenez va mikrosirkulyatsiya buzilishlarini yuzaga keltiradi, balki butun organizm miqyosida endotelial faollashuv, yallig‘lanish, oksidlovchi stress, trombozga moyillik va uzoq organlarda perfuziya buzilishi bilan kechuvchi tizimli vaskulyar sindromni shakllantirishi mumkin. Ushbu sharhning maqsadi saraton sharoitida qon tomir reaktivligi buzilishining zamonaviy mexanistik asoslarini, ayniqsa endotelial eNOS–NO tizimi, endotelin-1, reaktiv kislorod shakllari, L-tip Ca²⁺ kanallari, GPCR/α₁-adrenoretseptor signalizatsiyasi, SERCA, Na⁺/Ca²⁺ exchanger (NCX), Na⁺/K⁺-ATFaza va K⁺ kanallarining ehtimoliy hissasini tizimli tahlil qilishdir. Adabiyotlar shuni ko‘rsatadiki, saraton bilan bog‘liq vaskulyar disfunksiya bir xil fenomen emas: o‘sma mikromuhitidagi disfunksiya, uzoq tomirlardagi tizimli o‘zgarishlar va antitumor terapiyaga bog‘liq vaskulyar toksiklikni alohida ko‘rib chiqish zarur. O‘sma tashuvchi hayvonlarda periferik tomir perfuziyasining pasayishi va neytrofil ekstrasellyulyar tuzoqlari bilan bog‘liq vaskulyar okklyuziya kuzatilgan; klinik amaliyotda esa VEGF signalini bloklovchi preparatlar, fluoropirimidinlar, antrasiklinlar va radioterapiya endotelial disfunksiya, gipertenziya yoki vazospazm bilan bog‘lanadi. Biroq saratonning o‘zi fonida aorta silliq mushaklarining individual ion-transport tizimlarini farmakologik ajratib baholashga oid ma’lumotlar ancha cheklangan. Shu sababli KCl, fenilefrin, verapamil, fentolamin, Ca²⁺-siz Krebs, kofein, thapsigargin, Na⁺-siz muhit, ouabain, KATP modulyatorlari, ACh, L-NAME va SNPdan foydalangan ex vivo organ-bath protokollari saraton bilan bog‘liq vaskulyar fenotipni mexanistik xaritalash uchun istiqbolli platforma hisoblanadi. Sharh yakunida biologik faol moddalarning in vivo korreksiyasi va keyinchalik ex vivo funksional tekshiruvi asosida yangi vaskuloprotektiv strategiyalarni ishlab chiqish istiqbollari muhokama qilinadi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Mushtariy et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: