Maqolada gipoksiyaning kelib chiqish mexanizmlari, hujayra energetik metabolizmi va turli a’zo hamda tizimlar faoliyatiga ta’siri tahlil qilingan. Adabiyotlar tahlili asosida oksidlovchi fosforlanishning susayishi, ATF tanqisligi, mitoxondrial disfunksiya, gipoksiya-induksiyalovchi omillar va oksidlovchi stressning patofiziologik ahamiyati yoritilgan. Markaziy asab, yurak-qon tomir, nafas olish, siydik ajratish, ovqat hazm qilish va endokrin tizimlarning gipoksiyaga javobidagi farqlar ko‘rib chiqilgan. A’zolarning shikastlanish darajasi kislorod yetishmovchiligining og‘irligi, davomiyligi va to‘qimalarning kompensator imkoniyatlariga bog‘liqligi xulosa qilingan.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
qizi et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: