Answers are grounded in this paper and cite their sources.
Mazkur maqolada aksiyadorlik jamiyatlarida ichki audit samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar va ularni kompleks baholashning nazariy hamda metodologik asoslari tadqiq etilgan. Xalqaro ilmiy tadqiqotlar tahlili asosida ichki audit samaradorligini belgilovchi asosiy omillar tizimlashtirilgan hamda audit faoliyatini faqat tekshiruvlar soni va aniqlangan kamchiliklar bilan baholashning cheklangan jihatlari asoslab berilgan. Tadqiqotda tashkiliy mustaqillik, kasbiy salohiyat va resurslar, auditorlik jarayonlari sifati, tavsiyalar ijrosi va monitoring, shuningdek, korporativ boshqaruv organlari bilan hamkorlikni qamrab oluvchi besh yo‘nalishli kompleks baholash modeli taklif etilgan. Mazkur model ichki audit samaradorligining integral indeksini hisoblash, muammoli yo‘nalishlarni aniqlash va audit faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish imkonini beradi. Shuningdek, ko‘rsatkichlarni standartlashtirish, vazn koeffitsiyentlarini ilmiy asoslash va modelni O‘zbekiston aksiyadorlik jamiyatlari amaliyotida empirik sinovdan o‘tkazish zarurati yoritilgan.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Ergashev Olloyor Furqat oʻgʻli (2026) studied this question.
Synapse has enriched 10 related papers. Consider them for comparative context: