Answers are grounded in this paper and cite their sources.
Tezisda ingliz yozuvchisi Grem Grinning "The Quiet American" ("Sokin amerikalik", 1955) romanidagi vyetnamlik qiz Fuong obrazi va u bilan bog'liq qush ramzi turkiy xalqlar mifologiyasidagi afsonaviy qushlar – Semurg' (Anqo) va Humo (davlat qushi) obrazlari bilan qiyosiy-tipologik aspektda o'rganiladi. Romanda "Fuong" ismining "Feniks" deb izohlanishi, muallifning "bugun hech narsa afsonaviy emas va hech narsa kulidan qayta tug'ilmaydi" degan so'zlari hamda qahramonning doimiy ravishda qushga qiyoslanishi mifologik obrazning "demifologizatsiya" qilinishi sifatida talqin etiladi. Turkiy folklorda afsonaviy qush faol, taqdirni belgilovchi homiy kuch bo'lsa, G'arb romanida u ikki erkak o'rtasidagi passiv obyektga aylanishi ko'rsatiladi. Shuningdek, romandagi "ketgan oshiqni qaytaruvchi" irim bilan o'zbek xalqining yo'lovchi ortidan suv sepish odati o'rtasidagi tipologik o'xshashlik qayd etiladi. Tadqiqot "davlat qushi" motivining o'zbek va ozarbayjon ertaklaridagi umumiyligiga tayangan holda, jahon adabiyoti matnlarini turkiy folklor kontekstida o'qish imkoniyatlarini ochib beradi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Yusupova Shodiya Kerimbayevna (2026) studied this question.
Synapse has enriched 8 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: