Answers are grounded in this paper and cite their sources.
Mazkur maqolada klassik detektiv va anti-detektiv janrlarining shakllanishi hamda badiiy tafakkur taraqqiyoti jarayonida o'zgarishi qiyosiy-tipologik jihatdan tadqiq etiladi. Artur Konan Doylning Sherlok Xolms haqidagi asarlari va Nazar Eshonqulning falsafiy-psixologik nasri syujet qurilishi, voqealar ketma-ketligi, narrativ nuqtayi nazar, axborotni taqdim etish usullari hamda haqiqatni anglash muammosi asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi klassik detektivga xos mantiqiy xulosa chiqarish, dalillarni izchil tahlil qilish va sirni yechish tamoyillarining anti-detektiv poetikasidagi noaniqlik, ko'p ma'nolilik va haqiqatning muammolashuvi bilan munosabatini aniqlashdan iborat. Tadqiqotda qiyosiy-tipologik, strukturaviy-narratologik, germenevtik va kontekstual tahlil metodlaridan foydalanildi. Doylning "Qizil rangdagi tadqiqot" va "Baskervillar iti" asarlari, Eshonqulning "Maymun yetaklagan odam", "Shamolni tutib bo'lmaydi" hikoyalari hamda "Tobut" asarining badiiy xususiyatlari qiyosiy tahlil uchun tanlandi. Natijalar klassik detektivda syujetning dalillarni yig'ish va ularni mantiqiy izohlash orqali yakuniy yechimga yo'nalishini, Eshonqul nasrida esa voqelikni anglashning murakkabligi, ramziy obrazlar va subyektiv idrokning muhimligini ko'rsatadi. Maqolada anti-detektiv tushunchasi Eshonqul asarlarining bevosita janriy tasnifi sifatida emas, balki ularning ayrim narrativ va epistemologik xususiyatlarini izohlovchi qiyosiy tahlil kategoriyasi sifatida qo'llanadi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Abbosxon Zayniddinov (2026) studied this question.
Synapse has enriched 8 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: