Ushbu maqolada Oʻzbekistondagi toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar (TXI) oqimi va real yalpi ichki mahsulot (YAIM) oʻsish sur'ati oʻrtasidagi statistik bogʻliqlik 2020–2024-yillar ma'lumotlari asosida tahlil qilingan. Tadqiqotda tavsifiy statistika koʻrsatkichlari — arifmetik oʻrtacha, median, standart ogʻish, variatsiya koeffitsiyenti — hamda Pirson korrelyatsiya koeffitsiyenti qoʻllanilgan. Hisob-kitob natijalari TXI hajmi va YAIM oʻsishi oʻrtasida oʻrtacha darajadagi ijobiy bogʻliqlik (r ≈ 0,68) mavjudligini koʻrsatdi. TXI oqimi besh yil davomida 1,73 mlrd dollardan 2,85 mlrd dollarga oʻsgan boʻlib, oʻrtacha yillik oʻsish 13,3 foizni tashkil etdi. YAIM oʻsishi esa 2020-yildagi 1,6 % dan 2024-yildagi 6,5 % ga tiklanib, barqaror oʻsish tendentsiyasini namoyish etdi. Natijalar investitsion muhitni yaxshilash va iqtisodiy oʻsishni ragʻbatlantirish boʻyicha amaliy takliflar bilan toʻldirilgan.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Ma'murjonov et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: