Ushbu tadqiqot ishida O'zbekiston Respublikasi bank-moliya tizimida jadal raqamlashtirish jarayonlari sharoitida plastik kartalar va masofaviy bank xizmatlari (MBX) orqali sodir etilayotgan kiber-firibgarlik jinoyatlarining ko'lamiligi, paydo bo'lish sabablari, tarkibiy tuzilishi hamda ularga qarshi kurashishning zamonaviy mexanizmlari har taraflama tahlil qilingan. Maqolada O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki, IIV Kiberxavfsizlik markazi hamda Statistika agentligining rasmiy ma'lumotlari asosida 2020–2025-yillardagi dinamik o'zgarishlar o'rganilgan. Tadqiqot davomida kiberjinoyatlarning turlari bo'yicha chastotali taqsimoti (gistogramma) va dinamikasi (chastota poligoni) qurilib, statistik qonuniyatlar ko'rsatib berilgan. Shuningdek, Yevropa Ittifoqi (PSD2/SCA), Buyuk Britaniya (APP Reimbursement) va Singapur (Shared-Responsibility Model) xalqaro tajribasi tahlil qilinib, O'zbekiston amaliyotiga tatbiq etish imkoniyatlari baholangan. Tadqiqot yakunida bank, telekom operatorlari, regulyator va foydalanuvchilar o'rtasidagi taqsimlangan mas'uliyat modelini joriy etish bo'yicha amaliy takliflar ilgari surilgan.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Shakirova et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: