Answers are grounded in this paper and cite their sources.
Maqolada hududlarda tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiy barqarorligini ta’minlash va raqobatbardoshligini oshirish masalalari Sirdaryo viloyati misolida o‘rganiladi. Korxonalarning barqarorligi moliyaviy oqimlarni boshqarish, xarajatlarni maqbullashtirish, mehnat unumdorligini oshirish, mahsulot sifatini ta’minlash, raqamli savdodan foydalanish va mahalliy kooperatsiyani rivojlantirish bilan bog‘liq holda tahlil qilinadi. Tadqiqotda rasmiy hududiy ko‘rsatkichlar, tizimli yondashuv, qiyosiy va mantiqiy tahlil usullaridan foydalanildi. Natijalar iqtisodiy o‘sishning o‘zi korxonalar moliyaviy barqarorligini avtomatik ta’minlamasligini, buning uchun korxona darajasidagi boshqaruv salohiyati va hududiy biznes infratuzilmasini uyg‘un rivojlantirish zarurligini ko‘rsatadi. Maqola yakunida tadbirkorlar, hududiy boshqaruv organlari va ta’lim muassasalari uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Quldosh Nasirillayevich Shadmonov (2026) studied this question.
Synapse has enriched 5 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: