Answers are grounded in this paper and cite their sources.
Ushbu maqolada Orolbo‘yi hududida biologik xilma-xillikning o‘zgarishi va uning tabiiy o‘choqli infeksiyalar epidemiologiyasiga ta’siri tahlil qilingan. Orol dengizining qurishi, cho‘llanish, tuproq sho‘rlanishi, suv rejimining o‘zgarishi va tabiiy yashash muhitlarining degradatsiyasi natijasida hayvonlar populyatsiyalari hamda kasallik qo‘zg‘atuvchilarining tabiiy rezervuarlari o‘rtasidagi ekologik munosabatlarning o‘zgarishi yoritilgan. Ayniqsa, kemiruvchilar, katta qumsichqon (Rhombomys opimus), iskabtoparlar va boshqa bo‘g‘imoyoqlilarning leyshmanioz hamda boshqa zoonoz infeksiyalar epidemiologiyasidagi o‘rni ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, iqlim o‘zgarishi, antropogen bosim va landshaft transformatsiyasining patogenlarning tabiiy aylanishiga ta’siri ilmiy adabiyotlar asosida izohlangan. Maqolada ekologik va epidemiologik jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligi hamda Orolbo‘yi hududida tabiiy o‘choqli infeksiyalarning shakllanish xususiyatlari umumlashtirilgan.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Rozaxan Matniyazovna Esenbaeva (2026) studied this question.
Synapse has enriched 8 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: