Answers are grounded in this paper and cite their sources.
Maqolada loyiha va operatsion faoliyatning iqtisodiy mazmuni, farqli jihatlari hamda ularni yagona boshqaruv tizimida muvofiqlashtirish masalalari nazariy-metodologik jihatdan tadqiq etiladi. Tadqiqotning maqsadi loyiha natijalarini kundalik operatsion jarayonlarga o‘tkazish samaradorligini baholash yondashuvini ishlab chiqishdan iborat. Tizimli, qiyosiy, jarayonli tahlil va mantiqiy umumlashtirish usullaridan foydalanildi. Natijada strategik uyg‘unlik, operatsiyaga o‘tkazishga tayyorgarlik, operatsion samaradorlik va moliyaviy natijalarni birlashtiruvchi to‘rt blokli baholash modeli taklif qilindi. Model doirasida loyiha va operatsion faoliyat uchun indikatorlar tizimi, ularni normallashtirish hamda integral ko‘rsatkichni shakllantirish tartibi asoslandi. Shartli buyurtmalarni qayta ishlash misolida loyiha natijalarini operatsion ko‘rsatkichlar bilan bog‘lash mexanizmi ko‘rsatildi. Taklif etilgan yondashuv loyiha yakunini faqat muddat va budjet bilan emas, balki yaratilgan qiymatning kundalik faoliyatda namoyon bo‘lishi bilan baholashga xizmat qiladi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Djaniyeva et al. (2026) studied this question.
Synapse has enriched 8 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: