Answers are grounded in this paper and cite their sources.
Nutq davomiyligining ReDimNet-B0, ReDimNet-B2 va ReDimNet-B6 modellari asosidagi ovozli biometrik verifikatsiya aniqligiga ta'siri o'rganildi. VoxCeleb1-O to'plamida 27 616 ta bir xil juftlikdan iborat matched-subset protokoli orqali 1, 2, 3, 5 soniyalik va to'liq nutq sharoitlari baholandi. Davomiylik qisqarganda barcha modellarda EER ortdi. B0→B6 mutlaq EER yutug'i 1 soniyada 2,0749 foiz punktni, to'liq nutqda 0,7314 foiz punktni tashkil etdi; ularning nisbati 2,84 ga teng bo'ldi. Mazkur tendensiya mustaqil DEV va CAL to'plamlarida ham kuzatildi. Natijalar resurslari cheklangan ovozli biometrik tizimlar uchun model murakkabligi va nutq davomiyligini birgalikda hisobga olishning ahamiyatini ko'rsatadi.
No takes yet. Share an insight, caveat, or question.
Paraxat Baymuratovich Nurimov (2026) studied this question.
Synapse has enriched 8 closely related papers on similar clinical questions. Consider them for comparative context: